FutbolYangiliklar

«Bunyodkor»dan quvilgan Ulug’bek Mirzaev o’z lavozimiga qaytarildi

Mirzaev Ulug’bek Abdusattorovich «Bunyodkor» futbol klubi direktorligi lavozimiga qaytdi.

«Bunyodkor» futbol klubida uzoq yillar turli lavozimlarda mehnat qilgan, 2019 yil 8 yanvar kuni jamoaga direktor etib tayinlangan Ulug’bek Mirzaev qisqa tanaffusdan keyin rahbarlik lavozimida ish boshladi. 

Eslatib o’tamiz, «Bunyodkor» futbol klubi Ulug’bek Mirzaev rahbarligidagi ilk mavsumdayoq Superligada 3-o’rinni egallab, bronza medallarga ega chiqib, bir necha yillik tanaffusdan so’ng sovrindorlar qatoridan joy olgan va Osiyo CHempionlar ligasining saralash bosqichida ishtirok etgan edi.     

SHuningdek, Ulug’bek Mirzaev direktorligi davrida marketing yo’nalishida olib borilgan samarali ishlar tufayli jamoa reklama-hamkorlik shartnomalaridan malum summada mablag’ ishlab topishga muyassar bo’ldi. Qolaversa, ajratilgan mablag’lar to’g’ri va maqsadli idora etilishi natijasida bir necha yillar davomida yig’ilib qolgan qarzlarning ko’p qismi to’lab berildi. Eng asosiysi, jamoa 2020 yilgi mavsumga futbolchi, murabbiy va xodimlardan qarz bo’lmay kirib keldi. 

«Qisqa muddatli tanaffusdan keyin direktorlik lavozimiga tiklangan Mirzaev Ulug’bek Abdusattorovichning «Bunyodkor»ga qaytishi samarali bo’lishini tilagan holda rahbarlik faoliyatiga omad tilab qolamiz!», – deyiladi klub xabarida.

Manba : fcbunyodkor.com

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button