A Seriya. Shomurodov gol urgan o’yinda «Jenoa» mag’lub bo’ldi (video)
Italiya A Seriyasi 15-turi doirasida «Jenoa» safarda «Sassuolo» uyiga bordi va mag’lubiyat alamini tortib ko’rdi.
Birinchi bo’limda hisob ochilmadi. Ikkinchi taymni mezbonlar faol boshlashdi va buning mevasini 7 daqiqa ichida ko’rishdi,Boga 52-daqiqada hisobni ochib mezbonlarni oldinga olib chiqdi. 64-daqiqada katta sahnaga o‘zbekistonlik forvard chiqdi. Qanotdan uzatilgan to‘pni Eldor Shomurodov bosh bilan «Sassuolo» darvozasiga joylab qo’yib hisobni tenglashtirdi.Biroq Sassuolo 83-daqiqada Raspadorining goli evaziga g’alaba qozondi.
Shomurodov to’liq 90 daqiqada maydonda harakat qildi.