Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

Odil Ahmedov SHavkat Miromonovich Mirziyoevdan mukofotni qabul qilib oldi

O’zbekiston milliy jamoasi hamda Xitoyning «Tianjin Teda» klubi futbolchisi Odil Ahmedov Mustaqilligimizning 29 yilligi munosabati bilan «O’zbekiston Respublikasida xizmat ko’rsatgan sportchi» faxriy unvoni bilan taqdirlangan edi.

Kecha, 28 dekabr kuni Ko’ksaroyda mukofotlarni topshirish marosimi bo’lib o’tdi va unda Odil Ahmedov O’zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Miromonovich Mirziyoevdan mukofotni qabul qilib oldi.

«Avvalambor yuksak mukofot uchun barcha futbolchilar nomidan minnatdorchilik bildiraman. Bu mukofot men uchun juda ham katta kuch va ishonch, motivaciyadir. Davlat rahbari sifatida ilk bor ish boshlagan kuningizdan boshlab futbol rivojiga katta etibor qaratdingiz. 2019 yil o’zbek futbolini rivojlantirish borasidagi farmoningiz tarixiy farmon bo’ldi deya olaman.

SHu farmondan ruhlanib Namangan va Toshkent shahrida o’zimning xususiy futbol akademiyamni ochdim. Bu akademiyada 250 nafarga yaqin yosh futbolchilar shug’ullanib kelishmoqda. Ishontirib aytamanki, ularning orasidan O’zbekiston bayrog’ini yuqoriga ko’taradigan, jahon maydonlarini zabt etadigan futbolchilar etishib chiqadi. Yana bir bor ishonch, yuksak unvon uchun oilam nomidan, barcha sportchilar nomidan rahmat aytaman»,- deydi Odil Ahmedov.

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.