Habib Nurmagomedov o’zining Instagram sahifasida tez kunda Poytaxtimizga yana qaytishga shama qildi.
Habib qoldirgan xabarida Toshkentga taklif etgani uchun Otabek Umarovga minnatdorchilik bildirgan:
«Men har safar Toshkentga katta ishtiyoq bilan qaytaman. Bu safar ham shunday bo’ldi. Akalar, mehmondo’stlik uchun katta rahmat! Tez orada Toshkentga katta turnir bilan qaytaman», – degan Nurmagomedov.
Eslatma, UFC chempioni 2-3 dekabr kunlari Yurtimizga tashif buyurgan edi.