Yangiliklar

Tokio-2020 «Taqvimdagi o’zgarishlar»

Tokio Olimpiadasi Tashkiliy qo‘mitasi XOQ, xalqaro sport federatsiyalari va Olimpiya radioeshittirish xizmati bilan kelishgan holda marafoncha suzish, badiiy gimnastika va yengil atletika uchun start vaqtlarini qayta ko‘rib chiqdi.

Yaponiyada joriy yilgi yoz odatdagidek isib ketmaganiga qaramay, tashkilotchilar hanuz o‘yinlar paytida tabiiy anomaliyalardan xavotirda. Shu sababli, Odayba dengiz parkida suzuvchi-marafonchilar bahsining boshlanishi dastlab rejalashtirilganidan yarim soat oldin – soat 6:30da (Tokio vaqti bilan) boshlanadi. Musobaqa ishtirokchilari taxminan 9:10da marraga yetib keladilar. O‘n kilometrlik masofani ayollar 4 avgustda, erkaklar esa bir kundan keyin bosib o‘tishadi.

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasidan oldin Tokio-2020 tashkiliy qo‘mitasini jiddiy tashvishga solayotgan asosiy muammo aynan issiqlik edi. Ko‘rfazdagi suvni sovutish uchun maxsus ekranlar va tribunalarda sun’iy qor ishlab chiqaradigan mashinalar o‘rnatilishi rejalashtirilgan edi.

Xuddi shu sababga ko‘ra, o‘tgan yili yengil atletika (asosan uzoq masofalar), ot sporti, regbi-7, triatlon va mautinbayk bo‘yicha Olimpiya musobaqalarining boshlanish vaqti erta tongda yoki kechqurunga kechiktirildi. Tokiodan 800 kilometr shimolda joylashgan Sapporoda marafon ishtirokchilari va yuruvchilar medallar uchun kurash olib boradilar.

Badiiy gimnastika va yengil atletika musobaqalari jadvalidagi so‘nggi o‘zgarishlar shunchaki operativ xarakterga ega va bu borada Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) va Xalqaro yengil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (WA) bilan kelishilgan.

Shunday qilib, yakkalik ko‘pkurash finali 7 avgust kuni soat 15:20 dan 18:00gacha, guruh finali esa ertasi kuni soat 11:00 dan 12:55 gacha bo‘lib o‘tadi. Balandlikka sakrash, 10000 metrga yugurish va ayollar o‘rtasida 4×400 estafeta, shuningdek, erkaklar o‘rtasida nayza uloqtirish, 1500 metrga yugurish va 4×400 estafeta bellashuvlari soat 19:00 da boshlanib, 22:00 gacha tugaydi.

Manba: Olympic.uz

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button