Sportchilar biografiyasi

Sportchilar biografiyasi: Pele

Pele’ni (haqiqiy ismi Edson Arantis du Nasimentu) 23 oktyabr kuni Brazilyaning Tres-Korasoyn shaharchasida dunyoga kelgan.

Jahon futbolining kelajakdagi yulduzi 1940 – yilda Minas Geraisda joylashgan Tres-Korasoynesning kichik braziliyalik shaharchasida tug’ilgan. Futbolchining oilasi juda qashoq bo’lib kun kechirar edi. Bularning bariga guvoh bo’lib turgan  yosh bolakay faqat to’p ortidan ergashar edi. Dondinyo ismli bolaning otasi o’tmishda millionlar o’yiniga ishqibozlik qilgan va Edsonga futbolning asosiy elementlarini ko’rsatadi.

31 Oct 2000: Pele signs the NSPCC Ball during the AXA Sponsored Photocall held at Wembley Stadium, London. Mandatory Credit: Clive Mason/ALLSPORT



U yetti yoshga kirganida, mahalliy bolalar jamoasining asosiy futbolchisiga aylanadi. Pele laqabini ana shu yoshda qo’lga kiritadi. Bu laqab kim tomonidan va nima uchun qo’yilgani ma’lum emas.  Bir necha yil davomida bolalar jamosida to’p tepadi. Braziliya terma jamoasining sobiq futbolchisi Valdemar De Brito Paulu shahridagi mashhur “Santos” klubining murabbiylariga Pele haqida gapirib berdi. Tez orada Pele birinchi professional shartnomasini imzolaydi. 15 yoshida “Santos” jamoasida debyut qilishga erishadi.

Olimlar Pele hodisasini bir necha bor tahlil qilishga harakat qilishdi. Natijada, tadqiqotchilar futbolchining g’ayritabiiy istak sababli shunday kuchga ega bo’lganligi haqida bir necha kitob to’plamini chop etishdi.  Lekin Pele bir necha soat davom etgan mashg’ulotlardan so’ng, to’pni boshqarish va gol urish texnikasini ishlab chiqar edi.

www.eurosport.ru

“Fluminense” ga qarshi o’yinda Pele driblingi asrning eng yahshisi deya topilgan. Marakana stadionida dribling sharafiga yodgorlik belgisi ham o’rnatilgan.

Amerika chempionlari kubogi va qitʼalararo kubok egasi (1962, 1956). 1957 — 1977 yillarda 1300 ga yaqin toʻp (futbol tarixida rekord natija) kiritgan. «Futbol qiroli» nomi bilan mashhur. Turli mamlakatlarda unga bagʻishlab 90 dan ortiq qoʻshiq toʻqilgan. “Mening hayotim va ajoyib oʻyin” (1977) kitobining asoschisi sanaladi.

1970-yilda tadqiqod o’tkazishadi. Unga ko’ra sayyoramizdagi insonlarning 100 dan 95 tasi Peleni kimligini topgan.

Uning yoqtirgan raqami 7.

Brazilya 1 mln dona  Pelening rasmi tushirilgan pochta markalarni chiqargan.

“Qirol”ning o’yinlarini ko’rish uchun 2 kunga urushni to’xtatib turishgan.

Manba: Desport.uz

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button