BoksYangiliklar

SHohjahon Ergashev raqibini ayab o’tirmadi

Professional bokschimiz SHohjahon Ergashev bugun faoliyatidagi 19-jangini o’tkazdi.

Krasnogorsk shahrida o’tkazilgan jangda hamyurtimizga belaruslik Dmitriy Miliusha raqiblik qildi. 

8 raundga mo’ljallangan jang 2-raunddan so’ng nihoyasiga etdi. Tanaffus vaqtida Miliusha jangni davom ettira olmasligi malum bo’ldi. Ikkinchi raund davomida SHohjahonning bergan kuchli zarbasidan so’ng u o’zida og’riq his qilayotganini malum qildi va shifokorlar jangni to’xtatish lozimligini malum qilishdi. Texnik nokaut!

SHu tariqa, SHohjahon Ergashevning professional boksdagi g’alabalari soni 19 taga etdi. 

Manba : olamsport.com

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button