Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Yangiliklar

SHerzod Tashmatov MOQ raisi o’rinbosari etib saylandi

Bugun Milliy olimpiya qo’mitasida tashkilotning Bosh assambleyasi bo’lib o’tdi,deya xabar bermoqda olamsport.com manbasi.

Yig’ilish davomida bir qator masalalar ko’rib chiqildi. 

Unga ko’ra, bundan buyon MOQ prezidenti MOQ raisi, vice-prezidentlar rais o’rinbosari sifatida qayd etiladi. 

Bundan tashqari yig’ilish davomida qilingan ishlar tahlil qilindi, oldinda Tokio 2020 Olimpiadasi uchun bajarilishi lozim bo’lgan vazifalar belgilandi. 

SHundan so’ng tashkilot raisiga yangi o’rinbosar saylash uchun SHerzod Tashmatov nomzodi ilgari surildi. Delegatlar bir ovozdan ko’rsatilgan nomzodni qo’llab-quvvatlashdi. SHu tariqa, SHerzod Rixsibaevich Tashmatov MOQ raisi o’rinbosari etib saylandi. 

Malumot uchun, SHerzod Tashmatov uzoq yillardan buyon sport sohasi rivojiga o’z hissasini qo’shib kelmoqda. U kishi o’z vaqtida O’zbekiston boks federaciyasi birinchi vice-prezidenti sifatida ham ko’plab yutuqlarga erishgan. Hususan, Rio Olimpiadasida bokschilarimizning muvaffaqiyati ham ushbu inson bilan bog’liq. O’shanda charm qo’lqop ustalari Olimpiadada 7 ta medalga ega chiqqandilar. SHundan so’ng Osiyo chempionati, Osiyo o’yinlarida ham bokschilarimiz muvaffaqiyat qozonishgan.

SH. Tashmatov bugungi kunda O’zbekiston taekvondo WT associaciyasidan tashqari, O’zbekiston MMA associaciyasida ham rais o’rinbosari sifatida faoliyat yuritmoqda.

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.