FutbolYangiliklar
Ronaldu o’nlikdan o’rin oldi

Portugaliyalik hujumchi Krishtianu Ronaldu terma jamoa safida eng ko‘p o‘yin o‘tkazgan futbolchilar kuchli o‘ntalikka kirdi.
UEFA Millatlar ligasi 5-turidan o‘rin olgan Fransiyaga (0:1) qarshi o‘yin 35 yoshli Ronaldu uchun Portugaliya terma jamoasi safidagi 169-o‘yin bo‘ldi. Bu boradagi jahon rekordi misrlik Ahmad Xassanga tegishli. U terma jamoasi safida 184 ta o‘yinda ishtirok etgan.