FutbolYangiliklar

Qashqadaryo viloyati hokimi «Nasaf»ni kumush medal bilan tabrikladi

O’zbekiston Superligasining 25-turidan o’rin olgan «Bunyodkor» 0-1«Nasaf»uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Qarshiliklar «Qaldirg’och»larni mag’lub etib kumush va OCHL’si yo’llanmasini qo’lga kiritdi.

«Bunyodkor» – «Nasaf» uchrashuvi yakuniga etgach, 2020 yilgi O’zbekiston milliy chempionatida 2-o’rinni egallab, kumush medallarni qo’lga kiritgan «Nasaf» futbol klubini Qashqadaryo viloyati hokimi Zoyir Mirzaev tabrikladi.

«Yurtimizda boshlangan futbol mavsumini vohamiz bosh jamoasi – «Nasaf» klubi «Andijon» jamoasini qabul qilib – 2:1 hisobida g’alaba qozongani barcha muxlislarga ham malum. Kechagidek eslayman: 0:1 hisobida borayotgan jamoamiz oxirgi daqiqalarda g’alabani ilib ketgandi.

Ushbu o’yinda o’zim ham ishtirok etib, «Nasaf»ni mavsumda yuqori o’rinlarni egallashini ko’p sonli muxlislari bilan niyat qilgan edik. Bugun ushbu niyatlarimiz ijobat bo’lib, sevimli jamoamiz o’z tarixida uchinchi bor kumush medalni qo’lga kiritdi.

O’zbekiston vice-chempioni – “Nasaf” futbol klubi rahbariyatini, murabiiylarini, futbolchilarni va barcha men kabi ushbu jamoa muxlislarini 2020 yilgi O’zbekiston milliy chempionatida 2-o’rinni egallab, kumush medallarni qo’lga kiritgani bilan samimiy tabriklab, faqat va faqat: «Olg’a Nasaf, olg’a!», deb tilak bildirib qolaman. Har qanday qo’llab-quvvatlovga va ko’makka tayyorman. Ajdarlarga xos shijoat tark etmasin. Yutuq muborak bo’lsin!»

Manba: https://t.me/qashvilhokimligi

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button