Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

Italiya kubogi. Shomurodovdan golli assist, «Jenoa»dan derbida irodali g’alaba

Italiya kubogi 1/16 finali doirasidagi «Sampdoriya» – «Jenoa» uchrashuvi bo’lib o’tdi.

Hamyurtdoshimiz to’p tepayotgan «Jenoa» mehmonda Genuyaga safar qildi va ijobiy natija bilan ortga qaytdi.

Eldor Shomurodov ilk daqiqalardan boshlab maydonda harakat qildi va 85-daqiqada zaxiraga olindi.

1-Bo’lim haqida

Uchrashuvni mezbonlar faol boshlashdi 18-daqiqada Verre «Sampdoriyani oldinga olib chiqdi.
Mezbonlar bir qator hujumlar uyushtirishdi.Biroq Marketti qo’riqlayotgan darvozaga boshqa to’p kiritish nasib etmadi.

Ilk bo’limda Eldor darvoza tomon biron bir aniq zarba bera olmadi.

2-Bo’lim va zaxira kuchi
Ikkinchi bo‘limda Rolando Maran «Jenoa» tarkibida o’zgarishlarni amalga oshirdi Badel va Melegoni maydonga tushirilishi,o’yin ruhyatini o’zgartirib yubordi.«Jenoa» 60-daqiqada Eldor Shomurodovning ajoyib harakati krossi va uzatmasi hisobni 1:1 bo’lishini ta’minladi. Goldan ruhlangan mehmonlar keyingi 10 daqiqalikda yana ikkita gol kiritishdi – 68-daqiqada Lerager, 72-daqiqada esa Skamakka dublga erishib, «Jenoa» «Genuya derbisi»da kambekni amalga oshirgan holda keyingi bosqichga yo‘llanma oldi – 1:3

Italiya kubogi. 1/16 final
Sampdoriya – Jenoa 1:3
Gollar
: 1:0 – 18 Verre, 1:1 – 60 Skamakka, 1:2 – 68 Lerager, 1:3 – 72 Skamakka.

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.