BoksYangiliklar

Bektemir Meliqo’ziev O’zbekistonga qaytmoqda

Bir necha kun oldin professional boksda navbatdagi jangini o’tkazgan Bektemir Meliqo’ziev O’zbekistonga qaytib kelmoqda,deya xabar bermoqda olamsport.com manbasi.

Malum bo’lishicha, bokschimiz 14 noyabrdan 15 noyabrga o’tar kechasi soat 01:55da Istanbul orqali Toshkentga etib keladi. Aslida Meliqo’ziev 5 dekabr kuni ham ringga chiqishi va shundan keyin O’zbekistonga qaytishi kerak edi. Lekin markaziy jang ishtirokchisi Kempbellda koronavirus aniqlangani bois, shouning o’zi bekor qilingandi.  

Eslatib o’tamiz, Bektemir 31 oktyabr kuni AQSHda meksikalik Alan Kampaga qarshi jang o’tkazib, raqibini nokaut evaziga mag’lub etgandi. Ayni paytda AQSHda Bahodir Jalolov, Murodjon Ahmadaliev va Elnur Abduraimov qolishmoqda. Katta ehtimol bilan yil so’nggiga qadar ular ishtirokidagi janglar tashkil etiladi. Isroil Madrimov esa bir necha kun oldin Toshkentga qaytib keldi.   

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button