Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Boks

WBA reytingi. O’zbek bokschilarining reytingi o’zgarmay qoldi

Butunjahon boks associaciyasi (WBA) bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

Unga ko’ra, reytingdan olti nafar o’zbekistonlik bokschi o’rin olgan. Bu oy bokschilarimizning reytingdagi o’rni o’zgarmagan.

Elon qilingan reytingda Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek IBF yo’nalishi chempioni ham hisoblanadi. 

Birinchi yarim o’rta vazn toifasida (-63,5 kg) janglarini olib borayotgan ikki bokschimiz avvalgi oydagi kabi o’z o’rinlarida qolishgan. SHahram G’iyosov olti, SHohjahon Ergashev esa ettinchi pog’onani egallab turibdi. 

Birinchi o’rta vazn (-69,85 kg) toifasida Isroil Madrimov esa birinchi o’rinda qayd etilgan.

Ikkinchi o’rta vazn toifasidagi bokschimiz Bektemir Meliqo’ziev (-76,2 kg) esa 14-o’rinda qolgan. U ayni paytda WBA Continental Americas kamari sohibi bo’lib turibdi.  

Yarimog’ir vazn toifasida (-79,3 kg) Rustam To’laganov ham avvalgi oydagi kabi 14-o’rinda qayd etilgan. 

Manba : olamsport.com

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.