«Roma» klubi va Italiya milliy jamoasining afsonasi sobiq yarimhimoyachi Franchesko Tottining otasi Enso Totti hayotdan ko’z yumdi.
Ensodan «COVID 19″ga olingan test ijobiy natijani bergach, u kasalxonaga – reanimatsiya bo‘limiga yotqizildi. Shuningdek, futbolchining otasi bir necha kun avval yurak xurujiga uchragan edi.
«Alvido, Enso. Tottilar oilasini quchoqlab qolamiz», – deb post yozdi TWITTER sahifasida Roma klubi.