FutbolYangiliklar

Tog’li Qorabog’ sabab Ozarbayjon va Armaniston o’yinlari neytral maydonga ko’chirildi

Millatlar Ligasidan o’rin olgan o’yinlar neytral maydonga ko’chirildi.

UEFA Armaniston va Ozarbayjon terma jamoalarining Millar Ligasidagi uy uchrashuvlarini neytral maydonga ko’chirdi.

Ushbu qaror, Tog’li Qorabog’dagi vaziyat sabab ikki mamlakat o’rtasida yuzaga kelgan harbiy mojaro tufayli qabul qilindi.

Armaniston 11 oktyabr kuni Erevanda Gruziya TJga qarshi o’ynashi kerak edi, ammo endi ushbu bahs Polshaning Tixi shahrida o’tkaziladi.

Ozarbayjonliklarning 13 oktyabrdagi Kiprga qarshi bahsi esa Bokudan Albaniyaning Elbasan shahriga ko’chirildi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button