Connect with us

Futbol

Shota Arveladze “Trabzonspor” taklifidan bexabarmi?

Published

on

Toshkentning “Paxtakor” klubi bosh murabbiyi Shota Arveladze “Trabzonspor” qiziqishidan bexabar. Mutaxassis kun.uz muxbiriga bergan intervyusida Turkiya nashrida chiqqan xabarga munosabat bildirdi.

“Hurriyet nashrining yozganidan xabarim yo‘q (suhbat 20 oktyabr kech soat 20-00 lar atrofida bo‘lgan). Buni Sizdan eshitib turibman. Men hozir bunday narsalar haqida o‘ylamayapman. Kimdir qandaydir xabarlar yozsa, men bunga odatda e’tibor bermayman va aniq takliflarsiz biror narsaga sharh bermayman. Men haqimda yozishayotgani, menga qiziqishayotgani uchun rahmat. Bu doim yoqimli. Menga bu yerda yaxshi”, deydi gruziyalik mutaxassis.

Eslatib o‘tamiz, Hurriyet nashrida chiqqan xabarga ko‘ra, Turkiyaning “Trabzonspor” klubi Turkiya Superligasi 5-turida o‘z maydonida «Istanbul Bashaxshehir» klubiga mag‘lub bo‘lgan va jamoa rahbariyati Shota Arveladzega rasmiy taklif bilan chiqqan. Trabzonliklar angliyalik murabbiy Eddi Nyutonning ishidan qoniqmayapti.

Continue Reading
Advertisement
Click to comment

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.