Qora an’anaga barham berilgan o’yinda Eron g’alaba qozondi
«Paxtakor» mezbonligi ostida o’tgan uchrashuvda Eron g’alaba qozondi.
Xalqaro o‘rtoqlik o‘yini maqomini olgan O‘zbekiston 1-2 Eron bellashuvi o‘z yakuniga yetdi.
Mustaqil O’zbekiston o’z tarixida ilk bor Eron darvozasi tomon Toshkentdagi bahsda yo’l topa oldi.Shu kungacha Eron va O’zbekiston 10 marta o’zaro o’yin o’tkazishgan. Katta ustunlik forslar tomonida. Eron 8 marta g’alabaga erishgan.
Qayd etib o’tamiz, Bugungisi bilan 9 martaga yetkazib olishdi.
Eronliklar o’zaro o’yinlarda 15ta gol urishgan, qora ko’zlarimiz esa uch bor Eron darvozasiga yo’l topa olishgan.
Toshkentda Eronga qarshi 5ta o’yin o’tkazilgan. SHundan 4tasida mehmonlar zafar quchishgan va bitta o’yin durang bilan tugagan. Qiziq tomoni Toshkentda O’zbekiston terma jamoasi Eronga gol ura olmagan edi.
Toshkentdagi barcha o’yinlar: 2009: O’zbekiston 0-0 Eron 2012: O’zbekiston 0-1 Eron 2015: O’zbekiston 0-1 Eron 2016: O’zbekiston 0-1 Eron 2018 :O’zbekiston 0-1 Eron