Connect with us

Futbol

O’zbekiston MTJ 6 noyabr kuni yig’iladi

Published

on

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo’jaev o’zining telegram kanalida milliy terma jamoamiz 6 noyabrdan yig’inga kirishishini malum qildi.

Bu oyda ikkita o’rtoqlik uchrashuvi o’tkazgan terma jamoa noyabrda ham ikkita o’rtoqlik o’yinida maydonga tushishni maqsad qilgan. O’FA rasmiy sayti 28 sentyabr kuni chop etgan xabarga ko’ra, vakillarimizning navbatdagi yig’ini BAAda tashkil etiladi. 

FIFA kunlari 9-17 noyabrga belgilangan. BAAda yig’in o’tkazadigan O’zbekiston MTJ 12 noyabr Suriya hamda 17 noyabr Iroq bilan kuch sinashishni rejalashtirib qo’ygan. FIFA kunlari 9 noyabrdan boshlanadi deyilyapti, biroq Vadim Abramov futbolchilarni 6 noyabrdan yig’moqchi. 

PFL esa 6-7 noyabr kunlari O’zbekiston Kubogining dastlabki uchrashuvlarini o’tkazib olishni maqsad qilgandi. Lekin terma jamoa 6 noyabrdan yig’iladigan bo’lsa, unda Kubok yana keyinga suriladi. 

Aytaylik, Suriya bilan o’yin 12 noyabrga belgilangan, lekin futbolchilarni bir hafta oldin yig’ishdan naf bormikan? Dubayga qachon uchib ketilishini bilmaymiz, lekin bu o’rinda Kubokni ham boshlab olsak chakki bo’lmasdi. CHunki FIFA kunlari tugaganidan so’ng buyog’iga dekabr yaqinlashib qolgan bo’ladi va chempionatni qachon yakunlab olish hamda eng muhimi, Kubokni qachon o’tkazish masalasi yana kun tartibiga chiqadi.

Abramovning futbolchilarni ancha oldin yig’ishi yangilik emas. Masalan, o’tgan yil o’zimizda Saudiya Arabistoni bilan o’ynaganimizda futbolchilar 21 kun terma jamoa ixtiyorida bo’lishgandi. Yakunda esa baribir yutqazganmiz.

Manba: https://t.me/diyorimamkhodjaev

Continue Reading
Advertisement
Click to comment

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.