16-oktyabr, juma kuni Irlandiyalik jangchi Konor Makgregor va AQSh vakili Dustin Poire 2021 yilning birinchi oyida uchrashishga kelishib olishdi.
UFC’ning rahbari Dana Uayt kelajakdagi raqiblar yanvar oyida yuzma-yuz kelishini ma’lum qildi.
Eslatib o’tamiz, joriy yilning 18 yanvarida Konor Donald Serrone bilan jang o’tkazib,raqibini 1 raundda texnik nakaut evaziga mag’lub etgan. Shundan so’ng, irlandiyalik oktagonda ko’rinish bermadi .
Poire 27-iyun kuni Yangi Zelandiyalik Den Xukerni ochkolar bo’yicha mag’lub etgan.
Manba: sport.ru