Yangiliklar

Mahmud Muradovning yangi raqibi malum + POSTER

UFC promoushenidagi ilk jangchimiz Mahmud Muradovning yangi raqibi ma’lum qilindi.

Hamyurtimiz 31 oktyabr kuni AQSHning Nevada shtati Las-Vegas shahrida amerikalik Kevin Alan Xollandga qarshi oktanonga ko’tariladigan bo’ldi. Uning avvalgi raqibi polshalik Krishtof Jotko esa mashg’ulotda jarohat olgani sabab jangda qatnasha olmaydi.

Malumot uchun, 5 noyabr kuni 28 yoshga to’ladigan Xolland 2015 yildan beri MMAda o’z janglarini o’tkazib kelmoqda. Hisobida 19 g’alaba va 5 mag’lubiyat bor. UFC promoushenidagi debyut jangini 2018 yilning 4 avgust kuni Tiago Santosga qarshi o’tkazib, mag’lub bo’lgan. So’nggi jangini 19 sentyabr kuni Darren Styuartga qarshi o’tkazib, g’alabaga erishgan. 

Manba : olamsport.com

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button