«Rostov» forvardi Eldor SHomurodov «Jeno»ga ko’chib o’tishga yaqin.
25 yoshli o’yinchiga «Jeno» 600-700 ming evro miqdorida maosh taklif qilishi kutilmoqda. SHomurodov uchun bonuslar bilan birga 9 million evro miqdorida mablag’ to’laydi. «Rostov» shuningdek o’yinchining keyingi sotuvidan 15 foizini o’ziniki qiladi.
http://sport-express.ru/ manbasiga ko’ra Qashqadaryo farzandi ertaga Italiyada tibbiy ko’rikdan o’tadi va shundan so’ng klub bilan 4 yillik shartnoma imzolaydi.