Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

IBF reytingi. SHohjahon ko’tarildi, qolganlar o’z o’rnida

Xalqaro boks federaciyasi (IBF) professional bokschilarning yangilangan reytingini elon qildi.

Ushbu reytingdan o’zbekistonlik uch nafar bokschi o’rin olgan. 

Murodjon Ahmadaliev ikkinchi engil vazn toifasida (-55,3 kg) chempion sifatida qayd etilgan. Ahmadaliev shuningdek WBA yo’nalishi chempioni ham hisoblanadi. 

Birinchi yarim o’rta vazn toifasida (-63,5 kg) SHohjahon Ergashev oltinchi o’rindan beshinchi o’ringa ko’tarilgan. Ushbu vaznda chempionlik kamari Josh Teylorga tegishli. 

Yarimo’rta vazn (-66,6 kg) toifasida Qudratillo Abduqahhorov esa avvalgidek 1-pog’onadan joy olgan. U mazkur vazn toifasida chempionlik kamari uchun asosiy davogar hisoblanadi. Ayni paytda IBF kamari Errol Spensga tegishli. Qudratillo Abduqahhorov 24 oktyabr kuni AQSHda rossiyalik Sergey Lipinecga qarshi vaqtinchalik IBF chempioni bo’lish uchun ringga ko’tarilishi lozim.  

Manba : olamsport.com

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.