Connect with us

MMA

Habib va Getji matbuot anjumanida nimalar dedi?

Published

on

Xabaringiz bor, bugun UFC 24 oktyabrdagi turnir oldidan matbuot anjumanini tashkil etdi.

Jurnalist: Dena, janglar AQSH uchun ancha noqulay vaqtda bo’ladi. Bu qanchalik tasir qiladi?

Dena Uayt (UFC prezidenti): Havotirga o’rin yo’q. Habib ishtirokidagi bahslarni juda ko’pchilik ko’radi. U hozirda birinchi raqamli jangchi. Uning ishtirokidagi janglarni intizorlik bilan kutadiganlar bisyor.

Jurnalist: Habib, sen bu erda avval ham jang qilgansan. Bu er senga qiyinroqmi?

Habib: Albatta, bu erda Las-Vegasga qaraganda qiyinroq. Hamisha vazn haydash qiyin kechgan, boz ustiga senga tashqaridan kuchli bosim bo’lib turganda bu yanayam seziladi. Hozir shunaqa murakkab vaziyat: pandemiya, muxlislar yo’q. SHu jihatdan ozgina qiyinroq bo’ladi.

Jurnalist: Bilamiz, sen 30-0 ga harakat qilayapsan. Qandaydir reja bormi?

Habib. Men bu haqida o’ylamadim. Hozir bor etiborimni Getjiga qaratganman. Keyin nima bo’lishini esa bu inson (Dena Uayt)dan so’ranglar.

Dena Uayt: Kelajak haqida emas, hozir bo’layotgan voqealar haqida gaplashamiz. Hozir Getji – Xabib jangi.

Jurnalist: Habib seni 3-4 raundda mag’lub etishini takidlamoqda. Senga bu gaplar qanchalik tasir ko’rsatadi?

Getji: Habib o’ziga ishonadi va buni bir necha marta isbotladi. Men bunga tayyorman. Uning parterlariga tayyorman. Men doim to’liq kuch bilan ishlayman. Habib qancha vaqt turib bera olsa, men ham shuncha turaman.

Jurnalist: Dena, jang qanday o’tadi?

Dena: Biz har ikki jangchining qanday kuchga ega ekanligini bilamiz. Habib so’nggi bor qachon hech bo’lmasa bir raundni boy berdi? Habib nafaqat engil vaznning, balki barcha vazn toifasining eng kuchli jangchisi.

Jurnalist: Habibning avvalgi janglaridan xulosa qilsak, u qanday xatoliklarga yo’l qo’ydi?

Getji: To’g’risi,Habibning janglarini ko’rmadim. Lekin u jang qilgan oqshomdagi janglarni tomosha qilganman. Raqibim Habib bo’lishini bilgan kunimdan boshlab uning janglarini ko’rmadim. Meni qafasga “qamab» olishiga yo’l qo’ymayman. U meni ushlab olishga urinsa, unga shikast etkazishga harakat qilaman. Oyog’iga zarbalar beraman.

Jurnalist: Rossiya va Amerika kurash uslublari qanchalik farq qiladi?

Habib: Ikkalamiz ham qanday kurashishni bilamiz. Ammo 25 daqiqa jang qilish haqida nima deyish mumkin? Agar men raqibimni yiqitmoqchi bo’lsam, uni yiqitaman va uni istagancha ushlab turaman. Mana shu Amerika va Dog’iston kurashi o’rtasidagi farq.

Jurnalist: Getji alohida tayyorgarlik ko’radimi?

Habib: Ha. U janglarining boshida doim xavfli. Jastin Konor singari birinchi raundda ancha kuchli harakat qiladi, keyingi raundlarda esa ancha sekinlashadi.

Jurnalist: Yirik musobaqalarning qoldirilishi bu jangning bahosini oshiradimi?

Getji: Bu jang usiz ham ancha muhim bahs. Aslida men bu erda bo’lishim ham kerak emasdi. CHunki, men Fergyusonga mag’lub bo’lishim kerak edi, biroq uning «duxi»ni olib qo’ydim.

Jurnalist: Getjini boshqa raqiblaringdan farqi nimada?

Habib: Uning mushtlarida dinamit bor va u yaxshi zarba beradi. Turgan holatda ular (Getji, Makgregor, Barbosa) hammasi yaxshi, lekin men ularni ushlaganimda barchasi o’zgaradi. Menimcha, Getjining jangi avvalgi raqiblarimga qaraganda yahshiroq. Ammo uni jang kuni 100 marta otishga tayyorman.

Jurnalist: Getji, sen bu erga ota-onang bilan birga kelding.

Getji: Ota-onam hech qachon chet elda bo’lmagan, biznes-klassda uchmagan. Ular men uchun hamma narsani qildilar, menga borlarini sarfladilar. Otam bir yil oldin nafaqaga chiqdi, onam, umid qilamanki, jang yakunlanishi bilan nafaqaga chiqadi. Men uni nafaqaga chiqishga majburlamoqchiman. Ammo shunisi aniqki, ular oxirgisini menga sarf qilishdi. Dam olish kunida bolalar ota-onalari bilan do’konga borganlarida, men mashg’ulotlarga bordim.

Jurnalist: Katta janglar Las-Vegasda bo’lishi kerak. Siz Abu-Dabi bilan katta shartnomaga qo’l qo’ygansiz. Nima, siz Xabibning bu erda jang qilishini istaysizmi?

Dena: Biz barchasi yaxshi bo’lgan vaqtda beshta jangga shartnoma imzolagan edik. Biroq karantin sababli barchasi o’zgarib ketdi va biz bu erga keldik. Ammo janglar qaerda bo’lishidan qatiy nazar bo’lishi kerak. Umid qilamanki, boshqa buncha ko’p vaqtni safarda o’tkazmaymiz.

Jurnalist: Vazn tashlash qanchalik qiyin?

Getji: Habib va men vazn tashlaymiz. Bu narsani yaxshi tomoni yo’q. Doimgidek juda qiyin.

Jurnalist: Muhammad Ali darajasiga chiqishing uchun nima qilishing lozim?

Habib: Ali umuman boshqa daraja. Tayson ham. Bolaligim ularning janglarini tomosha qilish bilan o’tgan. Ular bilan bitta darajaga chiqish qiyin. Maqsadim engil vaznning haqiqiy «qiroli» bo’lib faoliyatimni yakunlash.

Manba : olamsport.com

Continue Reading
Advertisement
Click to comment

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.