Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Desport Tv

BAA – O’zbekiston «Desport Tv da jonli efir» tomosha qilamiz

Bugun, O’zbekiston MTJ Dubay shahrida BAA’ga qarshi xalqaro o’rtoqlik uchrashuvini o’tkazadi.

Toshkent vaqti bilan 19:20 da Milliy terma jamoamiz BAAga qarshi o’rtoqlik o’yini uchun maydonga tushadi. Ushbu bahsni Desport.Tv bo’limi orqali Jonli tomosha qilishingiz mumkin.

O’zbekiston terma jamoasining BAA bilan o’yin uchun futbolchilar ro’yxati:

Darvozabonlar
: Eldorbek Suyunov («Paxtakor»), Abduvohid Nematov («Nasaf»), Rahimjon Davronov («Mashal»)

Himoyachilar: Rustamjon Ashurmatov («Kvandju», Janubiy Koreya), Igor Golban («Navbahor»), Islomjon Qobilov («Bunyodkor»), Ibrohimhalil Yuldashev («Bunyodkor»), Murod Holmuhammedov («Qo’qon-1912»), Farrux Sayfiev («Paxtakor»).

Yarim himoyachilar: Otabek SHukurov («SHarja», BAA), Lutfulla To’raev («Bunyodkor»), Abrorbek Ismoilov («Paxtakor»), Aziz Turg’unboev («Navbahor»), Hojimat Erkinov («Paxtakor»), Ikrom Aliboev («Seul», Janubiy Koreya), Akmal Mozgovoy («Nasaf»), Sanjar Qodirqulov («Bunyodkor»), Jaloliddin Masharipov («Paxtakor»), Odiljon Hamrobekov («Paxtakor»), Dostonbek Hamdamov («Paxtakor»), Azizjon G’aniev («SHabab Al Ahli», BAA).

Hujumchilar: SHahzod Ubaydullaev («Metallurg»), Jasur Yaxshiboev («SHaxtyor Soligorsk», Belarus), Igor Sergeev («Paxtakor»).

Bu jamoalar hozirga qadar 16 marta o’zaro o’yin o’tkazishgan. Ertangi bahs 17-o’zaro uchrashuvga aylanadi.

Takidlash lozimki, O’zbekiston terma jamoasi bugunga qadar Janubiy Koreya va BAAga qarshi 16tadan o’yin o’tkazgan. Bu bizga eng ko’p raqiblik qilgan jamoalar hisoblanadi. Ertaga BAA bu borada rekordchiga aylanib oladi.

BAA O’zbekistonni 9 marta mag’lub etgan. To’rtta uchrashuvda durang qayd etilgan. Vakillarimiz bu jamoani atigi 3 marta taslim qila olishgan xolos.

Terma jamoamiz BAA bilan 16ta o’yinda 17ta gol urishga erishgan. Eng ko’p gol Server Jeparov hisobida – 3ta. Nikolay SHirshov 2ta gol urgan. Ayni paytda terma jamoamiz tarkibida bo’lib turganlar orasida faqat Igor Sergeev oldin BAA darvozasini ishg’ol qila olgan holos.

O’zbekiston terma jamoasi BAAga qarshi Dubay shahrida bunga qadar 3 marta o’yin o’tkazib umuman g’alaba qozona olmagan ekan – 2ta durang, 1ta mag’lubiyat.

Championat.asia manbasidan yozildi.

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.