Connect with us

Futbol

A Seriya. Shomurodov debyut qilgan o’yinda «Jenoa» safardan ochko oldi

Published

on

Italiya A Seriyasi 4-turi doirasidagi so‘nggi o‘yin «Verona» va «Jenoa» o‘rtasida kechdi.

Ushbu o‘yinda genuyaliklar safida o‘zbekistonlik forvard Eldor Shomurodov o‘z debyutini o‘tkazdi. U A Seriya tarixida asosiy tarkibda maydonga tushgan o‘zbekistonlik ilk futbolchi bo‘ldi. 

Yangi jamoasi safidagi birinchi o‘yinda 63-daqiqagacha harakat qilgan Eldor maydonda ancha ishonchli to‘p surdi.

«Jenoa» joriy yilgi chempionat doirasida safarda ilk ochkosini qo‘lga kiritdi – 0:0. 

Ushbu durangdan keyin «Jenoa» 3 o‘yinda 4 ochko to‘plab, A Seriya turnir jadvalida 11-o‘ringa ko‘tarilgan bo‘lsa, «Verona» 7 ochko bilan 7-o‘ringa chiqdi.

Italiya A Seriyasi. 4-tur.

Verona – Jenoa 0:0

Eldor Shomurodov kechagi o’yini uchun o’rtacha ball oldi.

Rolando Maran Eldor SHomurodov haqida gapirdi: “Men unga o’ynash imkoniyatini berdim. Biroq hali unda bizning futbol haqida tushuncha yo’q. U boshqa chempionatdan keldi va bu erda hammasi qanday ishlashini bilmaydi. SHunday ekan unga vaqt kerak. U sabrli bo’lishi lozim. U bugun xatolarga yo’l qo’ymadi. SHuning uchun ham bugun uning o’yini uchun minnatdorchilik bidliraman”, — deydi Maran.

Continue Reading
Advertisement
Click to comment

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.