Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

«Rostov» «Jeno» bilan Shomurodov borasida kelishuvga erishdi!

Italiyaning «Jeno»klubi Shomurodov transferi bo’yicha «Rostov» bilan kelishib oldi, deya xabar bermoqda metaratings.ru.

Manbaga ko’ra, kelishuv barcha bonuslarni hisobga olgan holda 9 million evroni tashkil etadi.Shuningdek, «Rostov» o’zbekistonlik forvardni keyingi sotuvi uchun summaning 15 foizini oladi. Ma’lum bo’lishicha, tomonlar futbolchining transferi uchun to’lovlarni qismlarga bo’lib to’lash to’g’risida kelishib olgan.

25 yoshli Shomurodov 2017 yilda «Bunyodkor» dan «Rostov» ga ko’chib o’tgan. O’zbekistonlik hujumchi «Rostov» tarkibida 91 uchrashuvda, 18 gol va 12 golga uzatma bergan. Transfermarkt portali hujumchini 6,5 million evroga baholamoqda.

Continue Reading
REKLAMA
1 Comment

1 Comment

  1. Pingback: “Jeno” Shomurodov transferini tasdiqladi! – Desport.uz

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.