Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

Rasman!“Istiqlol” futbol klubi Pro liga bilan hayrlashdi

Farg‘onaning “Istiqlol” klubi uy uchrashuvlarini o‘tkazish uchun stadioni yo‘qligi va klub bosh homiysi COVID-19 pandemiyasi davrida moliyaviy qiyinchilikka uchragani sababli Pro ligadagi ishtirokini to‘xtatishi masalasida O‘zPFLga murojaat qilgandi, deya yozadi tashkilot rasmiy sayti.

“Ushbu masala yuzasidan tashkilot Ijroiya qo‘mitasiga ma’lumotnoma kiritildi. Unda “Istiqlol” futbol klubini O‘zPFLga qatnashchilar safidan chiqish yuzasidan  yozgan murojaati ko‘rib chiqilgan. Jamoaning xususiy sektor tomonidan moliyalashtirilishini inobatga olinib, O‘zPFL “Istiqlol” futbol klubiga 2021 yilgi mavsumda Birinchi liga musobaqalarida qatnashish istagini bildirgan taqdirda joriy yil 1 noyabr kuniga qadar O‘zPFLga murojaat qilishi, futbol klubi belgilangan muddatdan keyin murojaat qilganda Birinchi liga qatnashchilari safiga qabul qilinmasligi bildirildi. Keyinroq klub hududiy futbol assotsiatsiyalari tomonidan o‘tkaziladigan Ikkinchi liga musobaqasida ishtirok etishi mumkin bo‘ladi. 

“Istiqlol” futbol klubi Pro ligadagi ishtirokini to‘xtatishi munosabati bilan, mazkur klub hamda uning futbolchilari o‘rtasida tuzilgan mehnat shartnomalari muddatidan oldin bekor qilingan taqdirda, klub futbolchilarining boshqa klublar safida ro‘yxatdan o‘tkazilishiga ruxsat beriladi.

Shuningdek, Musobaqalar o‘tkazish reglamentining 8.8-bandi Pro liga turnir jadvaliga nisbatan qo‘llaniladi. Ya’ni, “Istiqlol” klubi mavsumiy uchrashuvlarning teng yarmida maydonga tushmaganligi (7 o‘yin) inobatga olinib, uning shu mavsumda o‘tkazgan barcha uchrashuvlari natijasi bekor qilinadi. Biroq o‘sha uchrashuvlarda olingan sariq va qizil kartochkalar o‘z kuchini saqlab qoladi” – deyiladi xabarda.

Manba: Tribuna.uz

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.