FutbolYangiliklar

Manchini ko’zoynak taqmagani sabab Kellini zaxirada qolib ketgan

Italiya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Manchini himoyachi Jorjo Kellini xato tufayli zaxirada qolib ketganini aytdi.

«Menga tarkibni ko’rsatishganida ko’zoynakim yo’q edi va menga hamma joyida ekanligini aytishdi. Men u erda Kellini emas, Acherbi bo’lganini sezmadim. Nima bo’lganda ham Acherbini bitta o’yinda, Kellini esa boshqa o’yinda o’ynatishni rejalashtirgandik. 

Men Jorjiodan bugun yoki dushanba kuni Niderlandiyaga qarshi o’yindan qaysi birida o’ynashni xohlashini so’radim. U bugun o’ynashini xohlashini aytdi, ammo hozir rejalarimizni o’zgartirishimizga to’g’ri keladi. Bu xato edi», – deydi Manchini.

Italiya Millatlar Ligasi 1-tur doirasidagi Bosniya va Gercegovina (1:1)ga qarshi o’yinda durang o’ynadi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button