Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

Diyor Imomxo’jaev: «Futbol muxlislarining stadionlarga qaytarish mantiqan to’g’ri»

PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo’jaev telegramdagi o’z sahifasida futbol ishqibozlari to’g’risida post yozdi.

Futbol muxlislarining stadionlarga qaytishi hozirgi holatda mantiqli bo’ladi. CHunki:


– kinoteatrlar va masjidlar faoliyati qayta tiklandi, kafe va restoranlar ishlab turibdi;

– SSV mutaxassislari fikriga ko’ra, virus uyda ko’chadagidan tezroq yuqadi, ochiq havoda esa nisbatan kamroq;

– Iqtisodiy qiyinchiliklarga duch kelayotgan futbol klublari chiptalar sotuvidan oz bo’lsa-da pul ishlashni boshlaydi.

Bunda albatta mezbon stadion mamuriyati masuliyatni o’z bo’yniga olishi, chiptalar ruxsat berilgan miqdorda chiqarilishi, muxlislarning stadionga erkin kirib-chiqishi uchun sharoit yaratilishi, ruxsat etilgan sektor o’rindiqlari ijtimoiy masofa talablari darajasidan kelib chiqib tartibga solinishi hamda muxlislarning o’zi ham karantin talablariga rioya qilishi kerak bo’ladi. Umid qilamizki, tez orada stadionlarning malum foizigacha yoki barcha stadionlarga malum miqdorda muxlislar kiritilishiga ruxsat beriladi», – deb yozadi Diyor Imomxo’jaev telegramdagi o’z kanalida.

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.