FutbolYangiliklar

«Bizga ovoz berishlarini yalinmaymiz» – Diyor Imomxo‘jayev

O‘zPFL direktorligiga nomzodlar paydo bo‘layotgani, ular o‘z dasturlari bor ekanligini aytayotganlari yoqimli holat. Aslida shunday bo‘lishi kerak, deya yozadi PFL bosh direktori vazifasini bajaruvchi Diyor Imomxo‘jayev telegramdagi kanalida.

«Biroq avval buning uchun tizim yaratish lozim. Ustavga ayrim o‘zgartirishlar kiritish ustida ishlayapmiz. Kelasi yilga O‘zPFLga direktor qanday saylanadi, bu ish qanday amalga oshadi kabi jarayonlar hamma uchun ma’lum bo‘lishini istaymiz.

Mana shu yil so‘ngida shu kungacha qilgan ishlarimiz va kelajakda amalga oshirmoqchi bo‘lgan ishlarimiz haqida o‘z dasturimizni beramiz. Hozir esa O‘zPFL qattiq rejimda ishlayapti, dastur uchun ajratadigan vaqtning o‘zi yo‘q, pandemiya sabab juda ko‘p vaqt yo‘qotdik. Qolaversa, juda murakkab davrda tashkilotni qabul qilib oldik. Bunday nolimaymiz, qiyin sharoitda ham birdek ishlashga tayyormiz. 

IMHOimizcha, har yili rahbariyat o‘zgaravergani bilan baraka topilmaydi, ba’zida ishlash uchun vaqt va imkoniyat kerak bo‘ladi. O‘zPFL jamoasining aniq maqsadi va vazifalari bor, jamoaning 95 foizi yoshlardan tashkil topgan. Birlamchi vazifamiz yilni amallab yakunlab olish va kelasi yil uchun poydevor qo‘yish. Ishontirib aytamanki, bizning dasturimiz raqobatchilar orasida eng yaxshisi bo‘ladi va biz murabbiylarga sim qoqib, bizga ovoz berishlarini yalinmaymiz. Sog‘lom raqobatga esa doim tayyormiz!», – deya yozadi Imomxo‘jayev.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button