Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

«Ufa» rahbari O’runovning Gucci va Louis Vuitton’dagi xaridlari haqida: «Agar MUMni sotib olmoqchi bo’lsa, olaveradi. U o’g’irlagani yo’q, ishlab topdi»

«Ufa» direktorlar kengashi raisi Rostislav Murzagulov «Spartak»ga o’tgan yarim himoyachi Oston O’runov haqida gapirdi.

– O’runov o’zining instagram sahifasida MUM (markaziy universal magazin)dan qilgan xaridlarini joyladi va bu darhol internetda tanqid qilindi. Ushbu postni ko’rdingizmi? Bu haqda nima deysiz?

– Tanqidga salbiy munosabatdaman. Oston – yosh yigit, uning uchun xursand bo’lish kerak, barchasini o’z mehnati bilan topgan, o’g’irlamagan. Agar MUMni sotib olishni xohlasa, sotib olaversin! Men esa boshqa do’konlarga borishni afzal ko’raman, men uchun bu sal qimmatlik qiladi (kuladi).

– Moskva Ostonning boshini gangitib qo’ymadimikin? Sizningcha, bu birinchi belgilar emasmi?

– Unday demagan bo’lardim. Insonlar maydonda va tashqarida o’zlarini boshqacha tutishlari mumkin. Ko’rganingizdek, O’runov doim kurashlarga chanqoq, hech qachon to’xtamaydi, dangasa emas. Hatto uning kuchi qolmagan bo’lsa ham, yuguradi, ishlaydi. Professional yigit. Uning hatto yomon odatlari ham yo’q, Oston doim sportda. Xo’sh, do’konga odam kirib keldi, nima qilibdi? Bunda muammo ko’rmayapman. Men uni qo’llab-quvvatlayman.

– Aytishlaricha, Oston «Spartak»da hali avans ham, maosh ham olmagan. Klubingizdagi maosh futbolchiga bunday shoping (savdo) qilishga imkon beradimi?

– (Kuladi) Rostini aytsam, faqat narxlari arzonlashtirilgan mahsulotlar uchun etsa kerak, – deydi Murzagulov.

Eslatib o’tamiz, o’zbekistonlik xavbek bundan bir necha kun oldin o’zining Gucci va Louis Vuitton’dagi xaridlari aks etgan suratini istagram sahifasiga joylagan va bir ozdan so’ng postni o’chirib tashlagan edi.

Manba: Championat.asia

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.