Moskvaning “Spartak” klubi O’runov uchun qancha mablag’ xohlayotgani malum bo’ldi. «Qizil-oqlar» yarim himoyachining transferidan 15 mln evro ishlab olishni maqsad qilishgan.
SHu tufayli “Gerta”ning taklifini rad qiladi. Berlin klubi 19 yoshli o’zbekistonlik futbolchi uchun 5 mln evro taklif qilgan.
Klub O’runovga “Spartak”da o’zini yorqin namoyish qilishi uchun imkoniyat taqdim qiladi va uning transfer qiymati ko’tarilgach, o’yinchini sotib yuboradi.
Eslatib o’tamiz, O’runov moskvaliklar tarkibiga 5 avgust kuni “Ufa”dan kelib qo’shildi. Yarim himoyachi RPLda 10 ta uchrashuv o’tkazishga ulgurgan.