Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Boks

SHahram G’iyosov va Isroil Madrimov ishonchni oqlashdi (video)

SHahram G’iyosov AQSHda prof ringdagi 10-jangini o’tkazgan bo’lsa ya’na bir yurtdoshimiz Isroil Madrimov oltinchi jangida raqibidan ustunlik namayon qildi.

SHahramga nikaragualik Uinston Kampos (31-7-6, 19 KO) raqiblik qildi. 

10 raundga belgilangan jang muddatidan oldin yakunlandi. Uchinchi raund so’nggida bokschimiz chap qo’lida o’zining kuchli zarbasi bilan raqibining qorin qismiga kuchli zarba yo’lladi va nokaut evaziga g’alaba qozondi. 

Prof ringdagi oltinchi jangida hamyurtimiz amerikalik Erik Uolkerga (20-2-0, 9KO) qarshi ringga ko’tarildi. 

12 raundga mo’ljallangan jang to’liq davom etdi. Qayd etish lozimki, 9-raund o’rtalarida Isroil o’zining chap qo’lidagi kuchli zarbasi bilan raqibni ringga qulatdi. O’sha vaqtda barcha Madrimov nokaut evaziga g’alaba qozondi deb o’ylagandi. Ammo, hakam kutilmaganda Madrimov elkasi bilan raqibga zarba bergan deb hisobladi va Uolkerning tiklanib olishi uchun besh daqiqa vaqt berdi. Bunaqasini ilk marotaba ko’rishimiz.

Yakunda jang ochkolar evaziga ko’ra aniqlandi va Isroil Madrimov (116-110, 116-111, 116-110) navbatdagi g’alabasini qo’lga kiritdi. 

https://olamsport.com/ MATERIALI ASOSIDA TAYYORLANDI

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.