Yangiliklar

Nursulton Nazarboyevning futbolchi nevarasi vafot etdi

Elboshi Nursulton Nazarboyevning futbolchi nevarasi Oysulton Nazarboyev Londonda vafot etdi, deya xabar bermoqda Zakon.kz axborot agentligi.

Manbaning ma’lum qilishicha, 29 yoshli Oysulton Nazarboyevning o‘limi sababi hozircha aniq emas, dastlabki hulosaga ko‘ra, u yurak xurujidan vafot etgan.

Oysulton Nazarboyev futbolchilik faoliyatini 2006 yilda Avstriyaning «Admira Vakker» klubida boshlagan. 

Keyinchalik «Chelsi» klubi akademiyasida tahsil olgan qozog‘istonlik futbolchi «Portsmut» yoshlar jamoasi safida to‘p surib, Angliya chempionati bronza medalini qo‘lga kiritgan. 

2011 yilda «Astana» jamoasi o‘rinbosarlari safida to‘p surgan Oysulton 2017 yildan buyon Qozog‘iston futbol federatsiyasining xalqaro aloqalar bo‘limida vitse-prezident lavozimida faoliyat yuritib kelgan.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button