Superliganing 13-turidan o’rin olgan “Navbahor” 0 -1 “Qo’qon-1912” uchrashuvi bo’lib o’tdi.
O’yin qaydnomasidan “Navbahor” bosh murabbiyi Andrey Kanchelskis o’rin olmadi, deya xabar bermoqda championat.asia sayti.
Bunga rossiyalik murabbiyning koronavirus uchun topshirgan testi ijobiy natija bergani sabab bo’ldi. Yordamchi murabbiy No’mon Hasanov jamoani “Qo’qon-1912”ga qarshi o’yinda jamoani boshqarib borgan.