Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Boks

Mayk Tayson – Roy Jons jangi ko’chirildi

Amerikalik boks afsonalari – Mayk Tayson hamda Roy Jons o’rtasida o’tkazilishi tasdiqlangan jang sanasiga o’zgartirish kiritildi.

Bu haqida MMA Fighting jurnalisti Mayk Xek «Tvitter»dagi sahifasida xabar berdi. Afsonalar jangi shu yilning 28 noyabr kuni o’tkaziladigan bo’ldi. Sakkiz raundga mo’ljallangan jang 12 sentyabr kuni Kaliforniyada o’tkazilishi e’lon qilingandi. 

Xabarda aytilishicha, tashkilotchilar qo’shimcha daromad ishlab olish maqsadida jang sanasini kechroq muddatga ko’chirishgan. Mayk Tayson so’nggi jangini 2005 yilda o’tkazgan va o’shanda Kevin Makbraydga yutqazib qo’ygandi. Roy Jons esa 2018 yilning fevralida Skott Sigmondan ustun kelgan edi.

Manba : championat.com

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.