BoksYangiliklar

Isroil Madrimov matbuot anjumanida nimaga vada berdi?

Xabar berganimizdek, Toshkent vaqti bilan yakshanba tongida AQSHning Oklaxoma shtati Talsa shahrida professional boks kechasi bo’lib o’tadi.

Biz uchun ahamiyatlisi, uning doirasida charm qo’lqop ustalarimiz Isroil Madrimov va SHahram G’iyosov o’zlarining navbatdagi janglarini o’tkazishadi. Bugun oqshom ishtirokchilari matbuot anjumanida qatnashishdi. 

Jumladan, Isroil Madrimov (5-0, 5 KOs) va uning raqibi Erik Uolker (20-2, 9 KOs) ham savollarga javob berishdi. Biz uchun Isroilning fikrlari muhimroq.

«Janglarimizni tashkil etishda jonbozlik ko’rsatayotgan taniqli promouter Eddi Xirnga minnatdorchilik bildiraman. Murodjon Ahmadalievning chempion bo’lishida ham bu insonning xissasi katta. Uning rejasida barchamizning chempionlik janglarimizni O’zbekistonda o’tkazish ham bor edi. Afsuski, pandemik vaziyat bunga yo’l qo’ymadi», – dedi Madrimov.  

«O’zbekistonda boksni aqlbovar qilmas darajada yaxshi ko’rishadi. Hukumat ham barcha sport turlari qatori boksni qo’llab-quvvatlaydi. Natijalar esa shunga monand bo’lmoqda. Yana bir bor Murodjonni esga olaman. U qisqa muddatda ikkita chempionlik kamarini qo’lga kiritdi. Do’stimiz, jamoadoshimiz uchun o’zimizda yo’q xursandmiz. Menda ham ana shu rekordni yangilash imkoniyati bor. Buning uchun birinchi galda ertaga o’tkaziladigan saralash jangida g’alaba qozonishim shart», – deya so’zlarini davom ettirdi charm qo’lqop ustamiz. 

«CHempionlik jangidagi raqibim Jeyson Rosariomi bo’ladimi yoki Jermall CHarlomi, menga farqi yo’q. Istalgan chempionga qarshi ringga chiqishga tayyorman. Ular mendan qochib qutula olmaydilar. Men debyut jangimdayoq kamar uchun ringga chiqqanman. Bundan keyingi janglarim ham titul uchun bo’ladi», – deya so’zlariga yakun yasadi Isroil.

Manba:https://olamsport.com/

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button