BoksYangiliklar

Elnur Abduraimov AQSHda

Professional boksning engil vazn toifasida (61kg) 5 ta jang o‘tkazib, barchasida raqiblarini nokaut evaziga mag‘lubiyatga uchratgan, Elnur Abduraimov (5-0, 5KO) yana professional yo‘nalishda navbatdagi jangini o‘tkazadi. Elnur Abduraimov 27 avgust kuni Amerika Qo‘shma Shtatlariga jo‘nab ketadi va tayyorgarlikni boshlaydi. Hozircha jang sanasi va raqib ma’lum emas.

Ma’lumot uchun, Abduraimov Iordaniya poytaxti Amman shahrida bo‘lib o‘tgan, Tokio Olimpiadasiga yo‘llanma beruvchi turnirda ishtirok etib, yakunda,-63 kgda turnir g‘olibi bo‘lish barobarida litsenziyani ham qo‘lga kiritgan edi.

Manba: sports.uz

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button