Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

“Tottenxem” futbolchisining ukasini otib ketishdi

“Tottenxem” himoyachisi Serj Orening ukasi Kristofer jinoyat qurboni bo‘ldi.

Ma’lumotlarga qaraganda, 26 yoshli Kristofer Tuluzadagi tungi klublarning birida qornidan o‘qotar quroldan yaralangan holda topilgan va uni shifoxonaga etkazishgan. Lekin shifokorlar yosh yigitning hayotini saqlab qola olmadi.

Politsiya qotilni qidirmoqda.

Kristofer Ore ham akasi singari futbolchi edi. U Frantsiya chempionatining quyi ligasidagi jamoalardan o‘ynagan.

Ayni paytda futbol jamoatchiligi mudhish voqea tufayli Serj Orega hamdardlik bildirmoqda.

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.