FutbolYangiliklar

Torres “Manchester Siti”ga yo’l olishga yaqin

“Manchester Siti” “Valensiya” yarimhimoyachisi Ferran Torres bilan shartnoma bo’yicha kelishuvga erishdi.

Eurosport.es xabariga ko’ra, “Shaharliklar” Ispaniya yoshlar terma jamoasining 20 yoshli o’yinchisi bilan uzoq muddatli shartnoma borasida kelishib olgan.

Endi “Siti” “Valensiya” bilan transfer summasi borasida kelishib olishi kerak. Mundo Deportivo ma’lumotlariga ko’ra, bu tahminan 50 million evroni tashkil qilishi mumkin.

Torres Angliya klubiga “Bavariya”ga o’tgan Leroy Seynniga o’rindosh sifatida ko’rilmoqda.

Torresga “Yuventus” dan ham taklif kelib tushgan.

Yarimhimoyachining “Valensiya” bilan shartnomasi 2021 yil iyuniga qadar amal qiladi.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Back to top button