BoksYangiliklar

Tayson ikki oydan so’ng Jons bilan jang qilishi mumkin

“Sports.ru” xabariga ko‘ra, tomonlar shartnoma masalalarini hal qilib bo‘lgan. Ta’kidlanishicha, jang haqida ushbu haftada e’lon qilinishi kutilmoqda.

Jang sentabr oyida AQShda bo‘lib o‘tishi mumkin. Mazkur bellashuv 8 raunddan iborat bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tayson ringga qaytishi va bir nechta ko‘rgazmali janglarda ishtirok etishini ma’lum qilgandi.

Ma’lumot uchun, Mayk ringdagi so‘nggi jangini 2005-yil o‘tkazgan. Tayson professional boksda 58 ta jang o‘tkazib, ularning 50 tasida g‘alaba qozongan. 44 ta jangda raqiblarini nokautga uchratgan. Oltita jangda mag‘lub bo‘lgan. Ikkita jangi esa hisoblanmagan.

Roy Jons esa professional boksda 75 ta jang o‘tkazib, 66 g‘alabaga (47 tasi nokaut) erishgan va to‘qqiz bor mag‘lub bo‘lgan.

Manba: sports.ru

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button