Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

“Surxon”klubida COVID-19 aniqlandi

“Surxon” klubi futbolchilari Nuriddin Hasanov hamda Xusniddin G’ofurov (1997 yilda tug’ilgan) izolyaciyaga olindi.

Ularda 13 iyul kuni holsizlanish alomatlari sezilgan. Natijada klub shifokori ularni jamoadan ajratib, darhol izolyaciya qilgan. Ertasiga — 14 iyul kuni futbolchilar COVID-19 uchun test topshirgan. 17 iyul sanasida mazkur futbolchilarning virus yuqtirib olgani tasdiqlangan. 

Xabaringiz bor, “Surxon” klubi 12 iyul kuni Coca Cola Superliganing 9-turi doirasida Andijonda mehmon bo’lgandi. Husniddin G’ofurov uchrashuvning 76-daqiqasida zaxiradan maydonga tushirilgan. 

Endilikda “Surxon” va “Andijon” klubi futbolchilari COVID-19 uchun test topshirishlariga to’g’ri keladi. Mazkur jamoalarning navbatdagi o’yinlari rejasi shundan kelib chiqib malum qilinadi. 

Izoh. Hozirgacha shubhaga olingan klublardan faqatgina “Navbahor” O’zPFL uchun barcha malumotlarni to’liq hamda o’z vaqtida taqdim etdi. “Bunyodkor” futbol klubi esa bugun — 17 iyul kuni kechgacha jamoa azolari haqida to’liq malumot berish majburiyatini olgan.

Manba: http://championat.asia

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.