Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

“SHaxtyor” murabbiyi Yaxshiboyev bizga mos tushdi( video)

Soligorskning “SHaxtyor” bosh murabbiyi Yuriy Vernidub chempionatning 17-turi doirasida “Gorodeya” ustidan qozonilgan g’alabadan keyin fikrlarini bildirib o’tdi.

– O’yinda haqli g’alabaga erishdik. Jamoam yaxshi tezlik namoyish qildi. Ha, uchta gol urib, tanaffusga chiqib ketib, ikkinchi bo’limga qaytganingda bo’shashish bor gap. SHuning uchun ham futbolchilarga o’zlarini yig’ib olgan holda maydonga chiqishini talab qilgandim. Bo’lib turadi. Asosiysi, yigitlar o’zlarini tiklab olishdi va to’rtinchisini ham urib, o’yin taqdirini hal qilishdi. Oldinga harakat qilishda davom etamiz. Yo’l hali olis. Har bir o’yinga yuqori darajada tayyorlanib, maqsad sari intilish kerak.

– Lisakovich borasida ko’plab mish-mishlar yangradi.
– Keling, bu mavzuni yopamiz. Yo’q narsani gapirmayman, u jamoamiz tarkibida o’ynamoqda.

– Tarkibda yangilar ko’p: Yaxshiboev, Solovey, Lukashevich. Demak, tarkibdan kimdir ketishi mumkin.
– Hozirda tarkibda bor futbolchilarning barchasi bilan shartnomamiz bor. SHu sababli bu savol mening manzilimga bo’lmasligi kerak. Men o’yin haqidagi savolga javob beraman.

– Artyom Arxipovning startdagi ilk o’yini, Yaxshiboevning debyuti… Buni qanday baholaysiz?
– Yangi futbolchilar jamoa darajasida ekanligidan xursandman. Ular hujum planida juda yaxshi kuchayish bo’ldi. Barcha murabbiylar shunday saviyali futbolchilar qo’l ostida o’ynashini istaydi, deb o’ylayman.

– Yaxshiboev va Lisakovich to’purarlar poygasida peshqadamlik qilishmoqda. Xo’sh, penaltini kim tepadi?


– Bizda yagona prinsip bor: biz – jamoamiz. Jamoadagi barcha yulduz. Vitaliy penaltidan gol urib kelayotgan ekan, u davom ettiradi. Umuman olganda men har bir o’yindan oldin futbolchilarga penaltilarni kim tepishini aytib o’taman. Agar o’zini yaxshi his qilsa, Ivanovich ham penaltini tepaveradi.

“SHaxtyor”4 – 1“Gorodeya”

Gol: Antich (7), Arxipov (38), Ivanovich (40), Yaxshiboev (82) – Arxipov (51)

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.