FutbolYangiliklar

“Rostov” birinchi galda Shomurodovni sotadi

Shomurodov faoliyatida o‘zgarish bo‘lishi kutilmoqda deya xabar bermoqda sports.uz nashri

Rossiya premer-ligasini beshinchi o‘rinda yakunlagan “Rostov” yozgi transferlar  vaqtida birinchi bo‘lib, etakchi futbolchilar – Eldor Shomurodova va Matias Normanni sotishga qaror qildi.

 “Rostov” klubi joriy mavsumda Evropa Chempionlar ligasida ishtirok etish uchun kurashgan edi. Premer-liganing birinchi qismida juda kuchli o‘yin namoyish etgan Valeriy Karpin shogirdlari karantindan keyin bor imkoniyatlarni sekin-asta qo‘ldan chiqardi va mo‘ljallagan maqsadiga eta olmadi. O‘zining muhim gollari bilan “Rostov” g‘alabalarining kaliti bo‘lgan Eldor Shomurodov karantin vaqtida yuqori sport formasini ushlab tura olmadi va uning o‘yinida pasayish yuzaga keldi. Asosiy hujumchisi yarim yil davomida birorta gol urolmagan “Rostov” karantingacha bo‘lgan muddatda jamg‘arilgan ochkolar hisobiga Evropa Ligasiga ilinib qoldi xolos.

01A04b15675769335874_b

Pandemiya tufayli qator klublarda bo‘lgani kabi “Rostov”da ham iqtisodiy vaziyat havas qilgulik emas. Jamoa Rostov viloyati ma’muriyatidan etarli mablag‘  bilan qo‘llb-quvvatlanmayotgani bois, klub rahbariyati maoshlar bosimini kamaytirish va transferlardan pul ishlash uchun etakchi futbolchilarini transfer qilmoqchi.

Shomurodov va Normann “Rostov”ning eng qimmat o‘yinchilari hisoblanadi va klub rahbariyati ularning transferidan boshqa futbolchilardan ko‘ra, ko‘proq foyda olishni rejalashtirmoqda. Bundan tashqari, har ikki futbolchiga Rossiya premer-ligasidan tashqari, xorij klublaridan ham qiziqish va takliflar bo‘lmoqda.

large (3)

Xususan, Eldor Shomurodov keyingi paytda muvaffaqiyatli o‘yin namoyish eta olmagan bo‘lsa-da, mutaxassislar hamon uning salohiyati yuqori ekaniga va hali o‘yini ochilib ketishiga ishonch bildirmoqda. Hamyurtimizga Moskvaning qudratli klublari, Belgiya va Germaniya chempionatlari ishtirokchilaridan jiddiy qiziqishlar bor. Yaqinda rostovliklar kelasi mavsumda Chempionlar ligasida ishtirok etadigan “Gent”ning Shomurodov transferi bo‘yicha olti million evrolik taklifini rad etgandi.

Chunki, “Rostov” Shomurodov transferidan 6 million evrodan ko‘proq mablag‘ olishiga ishonmoqda. Bu haqiqatga yaqin. Chunki Rossiyaning etakchi nashrlaridan “Sport Ekspress” gazetasi ham o‘zbekistonlik legionerning transfer summasi ko‘tarilganini qayd etdi.

1565794199_large

“Kecha Shomurodov oddiy o‘zbek futbolchisi edi. Hozir uning xizmat narxi 15-20 million evroni tashkil qiladi. Solishtiradigan bo‘lsak, Eldor “Spartak”ning birorta hujumchisidan kam emas”, – deb yozmoqda “Sport Ekspress” gazetasi.

Xullas, yaqinlashib kelayotgan yozgi transfer mavsumi ancha qiziydigan ko‘rinadi va tez orada Eldor Shomurodov faoliyatida ham jiddiy o‘zgarishlar bo‘lishi kutilmoqda.

Manba: Sports.uz

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button