FutbolYangiliklar

Rasman: O’zbekiston Osiyo Kubogi-2027ni o’tkazish uchun davogar. Biroq…

Kecha 2027 yilgi Osiyo Kubogini qabul qilish uchun ariza berishning so’nggi kuni edi. Bugun OFK ushbu musobaqani qabul qilishni istayotgan davlatlarni rasman elon qildi:

Hindiston
Eron
Qatar
Saudiya Arabistoni
O’zbekiston

Endi mamlakatlar o’z arizalari haqida batafsil malumot tayyorlashlari lozim. Eslatib o’tamiz, eng asosiy talablar quyidagilar:

Xalqaro aeroportdan ko’pi bilan 200 km uzoqlikda joylashgan 2ta shahar.

Minimum 8ta stadion,

Stadionlarning minimal sig’imi:
20000 – guruh bosqichi (ochilish o’yinidan tashqari), 1/8 final va chorak finallar uchun,
40000 yarim finallar uchun,
50000 ochilish o’yini va final uchun.

Yoritish – minimum 2500 lyuks.

30ta besh yulduzli mehmonxona», – deb yozadi Alisher Nikimbaev telegramdagi o’z kanalida.

Malumot uchun, O’zbekistonda ayni paytda 50 ming tomoshabin sig’adigan stadion mavjud emas. Bundan tashqari besh yulduzli mehmonxonalar soni ayni paytda O’zbekistonda 2 yoki 3tani tashkil etadi. Stadionlardagi yoritish tizimi haqida kecha saytimizda xabar chiqqan edi. Unga ko’ra eng yaxshi ko’rsatkichga ega «Bunyodkor» stadioni yoritishi 1900 lyuksga teng.

Manba : championat.asia

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button