Bizning ijtimoiy tarmoqlarimiz

Futbol

Pro Liga UzReport Tv va Futbol TV’da

O’zbekiston Professional futbol ligasi hamda UZREPORT TV o’rtasida Pro liga musobaqasining media va tijorat huquqlari bo’yicha shartnoma imzolandi.

Mazkur shartnoma 2024 yilning 31 dekabriga qadar amal qiladi. 

UZREPORT TV futbol ishqibozlarining milliy futbolimizga bo’lgan qiziqishlaridan kelib chiqib, shuningdek, mamlakat futboli rivojiga hissa qo’shish maqsadida O’zPFLga taklif bilan chiqdi. Bir oyga yaqin davom etgan muzokaralar yakunida ikki tomon o’zaro manfaatli kelishuvga erisha oldi. 

Endilikda, joriy yilning 1 avgustidan boshlab UZREPORT TV  Pro liganing har bir turidan eng qiziqarli va markaziy uchrashuvlarni UZREPORT TV va FUTBOL TV telekanallari orqali jonli efirda namoyish etadi. Kelishuvga ko’ra, uchrashuvlarni jonli translyaciya qilish hajmi yildan-yilga ortib boradi.

Sizga sir emaski, pandemiya davrida jismoniy faollik va sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish yuzasidan harakatlar davom etmoqda. Ammo futbol muxlislarining stadionlarga tashrifi masalasi hozircha kun tartibida emas. Mana shunday sharoitda Pro liga uchrashuvlarining namoyish etilishi liga manfaatlari uchun xizmat qiladi. Qolaversa, endilikda tomonlar Pro liga musobaqasi uchun titul va rasmiy homiylar masalasida ham o’zaro hamkorlik qiladi. Bu esa tabiiyki, bozor iqtisodiyoti tamoyillariga bosqichma-bosqich amal qilish, Superligada bo’lgani kabi yirik kompaniyalar bilan shartnoma imzolash imkoniyatini yaratadi.

Hamkorlikdagi asosiy masalalardan biri Pro liga saviyasini ko’tarish va uni maksimal darajada Superligaga yaqinlashtirishdan iboratdir. Har ikki liga o’rtasidagi raqobatdan O’zbekiston Professional futbol ligasi manfaatdordir. Qolaversa, endilikda Pro liga klublarida ham o’zini namoyon etish, mazkur liga futbolchilarida esa terma jamoa murabbiylari nazariga tushish imkoniyati paydo bo’ladi. 

UZREPORT TV  va O’zPFL faqatgina bu bilan cheklanib qolmaydi. Pandemiya tartiblarining yumshashiga qarab, stadionlarga muxlislarni qaytarish, ularning uchrashuvlarga bo’lgan qiziqishlarini oshirish yo’nalishlarida ham ish olib boriladi.

Manba : pfl.uz

Continue Reading
REKLAMA
Izoh berish uchun bosing

Leave a Reply

Email manzilingiz chop etilmaydi.