FutbolYangiliklar

“Paxtakor” futbolchilarida COVID-19 aniqlandi

 “Paxtakor” jamoasining 5 futbolchisida koronavirus infeksiyasi aniqlangan deya xabar bermoqda championat.asia portali.

Klub jamoani doimiy tibbiy nazoratdan o’tkazish chog’ida jamoa azolarining 5 nafarida koronavirus infekciyasi mavjudligini aniqlagan va ularni tezda izolyaciya qilgan.

Superliga jamoalari ichida “Paxtakor” doimiy tarzda karantin qoidalariga amal qilib, koronavirusga test topshirib, tibbiy nazoratni kuchaytirganiga qaramasdan jamoa azolarining 5 nafar vakilida ushbu infekciya aniqlangan. Hozirda klubning barcha xodimlari, jamoa personallari va futbolchilari yana qo’shimcha test topshirishgan. Mazkur test natijalari dushanba kuni chiqishi kutilmoqda.

“Paxtakor” klubi koronavirus aniqlangan 5 futbolchisini izolyaciya qilib, barcha tibbiy vositalar, dori-darmonlar bilan taminlagan holda tibbiy nazoratda ushlab turibdi. “Paxtakor” AGMK bilan o’yindan keyin mashg’ulotlar o’tkazmayapti va hozirda jamoaning boshqa azolari va xodimlarining qo’shimcha test natijalarini kutmoqda.

Garchi saytimizga aynan kimlar koronavirusga chalingani haqidagi malumotlar borligiga qaramasdan ismlarni oshkor qilmaslikni lozim topdik deyiladi manbada.

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button