O’runov “Spartak” klubiga o’tishga yaqin!

Metaratings.ru saytining xabariga ko’ra, Ufa yarim himoyachisi Oston O’runov “Spartak” ning mavsumdagi ilk haridi bo’lishi mumkin.
Klublar futbolchi transfer narxini kelishib olishlari kerak. Hozir Ufa ning bosh direktori Shamil Gazizov “Spartak”da ish boshlashi kutilmoqda.
Avvalroq, “Lokomotiv” Moskva 18 yoshlik o’zbekistonlik hujumchi Jasur Jaloliddinov transferi borasida “Bunyodkor” bilan kelishib olganini ma’lum qilgan edik.
O’runov Ufa bilan 2020 yil fevral oyida to’rt yillik shartnomaga imzo qo’ygan edi. Bu transfer uchun, Toshkentning “Lokomotiv” klubiga 200 ming evro o’tkazib bergan.
Ushbu mavsumda yarim himoyachi o’nta o’yinda maydonga tushdi va ikki bor jamoasining eng yahshi o’yinchisi deya topildi.
Transfermarkt portali futbolchining narxini 900 ming evroga baholagan.
Manba: Metaratings.ru