“Bunyodkor” yarim himoyachisi Jasur Jaloliddinov faoliyatini Moskvaning “Lokomotiv” klubida davom ettiradi.
UPL nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, tomonlar o‘rtasidagi muzokaralar yakuniy bosqichga chiqqan. RPL grandi 18 yoshli hamyurtimiz uchun “qaldirg‘ochlar”ga 350 ming evro to‘laydi, Jasur esa “Lokomotiv” bilan 5 yillik shartnoma imzolaydi.
Ta’kidlash kerakki, Jaloliddinovga “Beshiktosh”dan ham takliflar bo‘lgan edi, ammo u “Loko” variantini tanladi.
Manba: sports.uz