MMAYangiliklar

Habibning otasi koronavirusdan vafot etdi

UFCning yengil vazn toifasidagi chempioni Habib Nurmagomedovning otasi va murabbiyi Abdulmanap Nurmagomedov uzoq davom etgan kasallikdan so’ng Moskvada vafot etdi.

Bu haqida Checheniston rahbari Ramzan Qodirov o’z telegram-kanalida ma’lum qildi.

“Do’stlar, Abdulmanap Nurmagomedov bu dunyoni tark etgani to’g’risida achinarli xabar keldi.

Butun chechen xalqidan men Abdulmanap Magomedovichning oilasiga samimiy hamdardlik bildiraman!

Biz Alloh taolodan o’z bandasini kechirishi va abadiy jannat bog’lariga kiritishi uchun ibodat qilamiz. Alloh uning oilasi va do’stlariga yo’qotish azobidan omon qolish uchun sabr bersin! Barchamiz Allohga tegishlimiz va ertami-kechmi Unga qaytamiz, ”-deydi Qodirov.

Eslatma, Habibning otasi aprel oyida koronavirus yuqtirib olgan edi va Moskva shifoxonasiga olib o’tilgan. 

Manba: Sports.ru

Mavzuga oid yangiliklar

Fikr bildirish

Email manzilingiz chop etilmaydi.

Buni ham o'qishni maslahat beramiz
Close
Back to top button